Klublar o‘rtasidagi JCH-2019ga qur’a tashlandi
Sport
−
17 Sentabr 2019
4300Shveysariyaning Syurix shahrida 2019 yili bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi.
Ilk bosqich bahsi mezbon "Al-Sadd" hamda Okeaniya chempioni "Iengen" (Yangi Kaledoniya) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur juftlik g‘olibi keyingi raundda KONKAKAF chempioni "Monterrey" (Meksika) jamoasiga qarshi to‘qnash keladi.Ushbu bosqichning ikkinchi o‘yini esa Osiyo chempionlar ligasi g‘olibi hamda Afrika chempioni "Esperens" (Tunis) o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu juftlik g‘olibi yarim finalda KONMEBOL chempioni bilan uchrashadi. YeCHLning amaldagi titul sohibi "Liverpul" esa final ostonasida "Monterrey", "Iengen" yoki "Al-Sadd" klublaridan biriga duch keladi.
Ma’lumot uchun: hisob bo‘yicha 16-marotaba tashkil etilayotgan klublar o‘rtasidagi mundial 11 dan 21 dekabrga qadar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi