Klopp Jahon chempionatining ochilish o‘yinini tanqid qildi

Sport

image

Mashhur nemis murabbiyi Yurgen Klopp 2026 yilgi Jahon chempionatining ochilish uchrashuvi – Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘rtasidagi bahsni tanqid qildi. Bu haqda Klopp “MagentaTV” dasturida aytib o‘tdi. 

Mexiko shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. Kloppning aytishicha, mazkur o‘yinni yuqori saviyadagi bahs deb atash qiyin.

“Taktik jihatdan o‘yin menda katta taassurot qoldirmadi. Har ikki jamoa ham muayyan vaqtlarda yaxshi harakat qildi. Biroq Meksika tashabbusni qo‘lga olgan paytlarda o‘yin tez-tez qarshi hujumlarga o‘tib ketdi. Buning sababi Janubiy Afrika himoyachilarining juda chuqur joylashganida edi. Bu holat deyarli butun o‘yin davomida takrorlandi. Shu bois men bu bahsni yuqori darajadagi o‘yin deb atay olmayman”, deydi Klopp.

Ma’lumot uchun, Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida Meksika terma jamoasi Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Xulian Kinones va Raul Ximenes mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing