Klopp “Real”ni boshqarish uchun bir nechta shartlar qo‘ydi

Sport

image

“Liverpul” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp yozda “Real Madrid”ni boshqarishga rozi bo‘lishi uchun bir qator shartlarni ilgari surmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis tarkibni kuchaytirish maqsadida ikki nafar markaziy himoyachi va ikki nafar yarim himoyachi transfer qilinishini istamoqda. Shuningdek, u braziliyalik Endrikning asosiy tarkibga qaytarilishini talab qilgan hamda Jud Bellingem va Eduardo Kamavingani sotish variantiga qarshi emasligini bildirgan.

Joriy yilning 12 yanvar kuni “Real Madrid” bosh murabbiy Xabi Alonsoning iste’foga chiqarilgandan beri uning o‘rniga Alvaro Arbeloa “qirollik klubi”ga ustozlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Klopp 2015-2024 yillar davomida “Liverpul”ni boshqardi. 2023-2024 yilgi mavsum yakunlangach klubni tark etdi. Klopp qo‘l ostida “qizillar” Angliya Premer-ligasi, Chempionlar ligasi, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Angliya kubogi, Angliya ligasi kubogi va UEFA Superkubogida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Yurgen Klopp “Liverpul'” “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing