Klopp Germaniya terma jamoasini boshqarishga rozi bo‘ldi

Sport

image

Germaniya futbol assotsiatsiyasi (DFB) rahbariyati Yurgen Kloppni milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlash bo‘yicha muzokara o‘tkazadi. Bu haqda DFB matbuot xizmati xabar berdi.

DFB bayonotida Klopp ushbu lavozimni egallashga tayyor ekanini bildirgani qayd etilgan. Avvalroq, Germaniya terma jamoasini bu yilgi Jahon chempionati 1/16 finaliga olib chiqqan Yulian Nagelsmann bosh murabbiylik lavozimidan iste’foga chiqqandi. Germaniya mazkur bosqichda Paragvayga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgan.

59 yoshli Klopp so‘nggi bor “Liverpul”da ishlagan. Germaniyalik mutaxassis 2015 yildan 2024 yilgacha mersisaydliklarni boshqarib, jamoani 2019 yilda UEFA Chempionlar ligasi g‘olibligiga, 2020 yilda esa 30 yillik tanaffusdan keyin Angliya chempionligiga olib kelgan.

Klopp davrida “Liverpul” 2022 yilda Angliya kubogi va Superkubogini, 2019 yilda Liga kubogi, UEFA Superkubogi hamda FIFA klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini, 2024 yilda esa yana Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan. U 2019 va 2020 yillarda FIFA talqiniga ko‘ra “Yilning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan. “Liverpul”dan ketganidan so‘ng nemis mutaxassisi Red Bull futbol operatsiyalari bo‘limi rahbari lavozimiga tayinlangan.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing