Klintondan Obamagacha: Sobiq Prezidentlar afg‘onlar masalasida birlashdi

Olam

image

AQSHning uch nafar sobiq Prezidenti – Bill Klinton, Jorj Bush, Barak Obama Amerikaga evakuatsiya qilingan afg‘onistonlik qochqinlarga yordam berishni rejalashtirgan tashkilotga qo‘shildi. Bu haqda “Aziya-Plyus” nashri xabar bermoqda

Sobiq Prezidentlar va ularning turmush o‘rtoqlari joriy yilning 21 sentyabr kuni “Welcome.US” — notijorat tashkilotlar, korxonalar va boshqa uyushmalar, shuningdek, jismoniy shaxslar koalitsiyasi tadbirida ishtirok etadi. 

Ma’lum qilinishicha, tashkilot AQSHga evakuatsiya qilingan o‘ng minglab afg‘onlarga yordam berish uchun resurs hamda ko‘ngillilar guruhini jalb qilgan. 

“Minglab afg‘onlar dunyo xavfsizligi yo‘lida biz bilan yelkami-yelka turishdi. Endi esa ularning o‘zi yordamga muhtoj”, deydi Jorj Bush va Lora Bush.

Ma’lumot uchun, koalitsiyani 280 dan ortiq shaxslar va tashkilotlar, jumladan Microsoft va Starbucks kabi yirik kompaniyalar qo‘llab-quvvatlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 avgustidan buyon AQSH Afg‘onistondan umumiy hisobda 60 mingga yaqin odamni qabul qilib oldi. Evakuatsiya qilinganlarning 17 foizi – AQSH fuqarolari va doimiy rezidentlari. Qolganlari Amerika armiyasi va NATO kuchlariga yordam bergani uchun maxsus vizaga ega bo‘lgan afg‘onistonliklardir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

317

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing