Klichko yana bir bor Kiyev meri bo‘ldi
Olam
−
07 noyabr 2020
4497Ukraina poytaxti Kiyev shahri merligi uchun o‘tgan saylovda Vitaliy Klichko 50,52 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Klichkoga umumiy saylovchilarning 365,161 nafari ovoz bergan. Bu haqida Kiyev shahar hududiy saylov komissiyasi ma’lum qilmoqda.
Klichko ilk bor 2014 yil 5 iyunda Kiyev meri sifatida qasamyod qabul qilgan edi.
Ikkinchi o‘rinni Kiyev shahar davlat ma’muriyatining sobiq rahbari Aleksandr Popov 68 757 ovoz bilan band qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 25 oktyabr kuni Ukrainada mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ukrainaliklar mahalliy hokimiyat vakillarini, viloyat va tuman kengashlari deputatlarini, shuningdek 1439 ta jamoalarda mahalliy kengashlar deputatlari va ularning raislarini sayladilar.
Karim ZARIPOV
LiveBarchasi