KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istondan qachon chiqib ketadi?
Olam
−
07 yanvar 2022
10322Avvalroq, Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natilgani haqida xabar bergandik.
KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonda qanday harakat qiladi? Ushbu savol bo‘yicha tashkilot bosh kotibi Nikolay Bordyuja RIA Novosti agentligiga ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, tinchlikparvarlarning Qozog‘istonda bo‘lish muddati vaziyatga va Respublika rahbariyatining qaroriga bog‘liq bo‘ladi. KXSHTning o‘zi tashkilotning Qozog‘istondagi kuchlari uzoq davom etmasligini hisoblamoqda — bir necha kun yoki hafta.
“Amaliyot yakunlangach, KXSHTning barcha qo‘shinlari chiqib ketadi. KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonning qaysi shaharlarida joylashtirilishi ularning qayerda zarurligiga bog‘liq. Tinchlikparvar kuchlar soni 2,5 mingga yaqin bo‘ladi, kerak bo‘lsa, kuchaytirilishi mumkin”, degan bosh kotib.
Unga ko‘ra, tinchlikparvarlar Respublikani qiyin davrda qo‘llab-quvvatlash uchun olib kelinmoqda. Shuningdek, Bordyuja tinchlikparvarlar qurolli to‘dalar hujum qilgan taqdirda qurol ishlatish huquqiga ega ekanini ma’lum qilgan.
“Tinchlikparvar kuchlar qo‘mondoni lavozimiga nomzod allaqachon mavjud, ammo qaror hali rasmiylashtirilmagan”, degan bosh kotib.
Ma’lumot o‘rnida, tinchlikparvar kuchlar tarkibiga Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston Qurolli Kuchlari bo‘linmalari kirgan.
LiveBarchasi