KXSHT kuzda O‘zbekistonga qo‘shni uch davlatda mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Olam

image
Pashinyan KXSHT Qorabog‘ urushida Armanistonni yolg‘iz qoldirganidan nolidi north_east

Pashinyan KXSHT Qorabog‘ urushida Armanistonni yolg‘iz qoldirganidan nolidi

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar joriy yilning kuzida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda bir qator qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish niyatida. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 16 may kuni Tashkilotning Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, KXSHT kuchlarini zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash, harbiy kontingentlarning tezkor muvofiqligini oshirish, harbiy tuzilmalar va maxsus xizmatlarning birgalikdagi harakatlarining uyg‘unligini takomillashtirish zarur. 

“Joriy yilning kuzida tashkilotimizning Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonda bir qator qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazish rejalashtirilgan. Ishonchim komilki, bu tadbirlar jangovar shaylikni, davlatlarimiz harbiy tuzilmalarining muvofiqlik darajasini oshirishga xizmat qiladi”, deydi u.

Putinning ta’kidlashicha, KXSHT orqali o‘tkazilayotgan treninglar davomida tegishli masalalar doimiy asosda ishlab chiqilmoqda va o‘tkazish amaliyotini kengaytirish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing