KXSHT kuchlari Qirg‘istonda mashg‘ulot o‘tkazadi 

Olam

image

Joriy yilning 2-5 avgust kunlari Qirg‘iziston hududida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) maxsus kuchlarining maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda KXSHT saytida ma’lum qilingan.

Qayd etilishicha, maxsus kuchlar “bandit tuzilmalarni, terrorchilik guruhlarni qidirish, blokirovka qilish va zararsizlantirish, shuningdek, narkotik moddalar kontrabandasi kanallarini to‘sib qo‘yish hamda giyohvandlik vositalarini saqlash va ishlab chiqarish omborlari, laboratoriyalarini aniqlash hamda ularni yo‘q qilish vazifalarini” bajaradi.

“Ular aksilterror operatsiyasi davomida yuzaga kelgan oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalarni ishlab chiqadilar”, deyiladi xabarda.

Aytish joizki, oxirgi marta KXSHT qo‘shinlari Qozog‘istonga kirgan. Bu yanvar oyida gaz narxi oshishi sababli yuzaga kelgan norozilik namoyishlari fonida sodir bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida, KXSHTga Rossiya, Qirg‘iziston, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston va Armaniston a’zo hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing