KXSHT qirg‘iz-tojik mojarosiga aralashdi
Olam
−
16 Sentabr 2022
13385Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) Bosh kotibi Stanislav Zas Qirg‘iziston va Tojikiston Xavfsizlik kengashlari kotiblari Marat Imanqulov va Nasrullo Mahmudzoda bilan telefon orqali muloqot qilib, qirg‘iz-tojik chegarasida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot kotibiyati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 16 sentyabr kuni KXSHT Bosh kotibi Qirg‘iziston va Tojikiston Xavfsizlik kengashlari kotiblari bilan qirg‘iz-tojik chegarasidagi vaziyatning o‘ta keskinlashgani munosabati bilan telefon orqali muloqot qilgan.
“Muzokaralar chog‘ida tomonlar zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarurligi, shuningdek, mojaroni faqat tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha vakolatli organlar orqali muzokaralar olib borish kerakligi ta’kidlangan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Ikki davlat chegarasida vaziyat 14 sentyabr kuni keskinlashgan. Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, tojik chegarachilari chorshanba kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegara hududiga kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan. Oradan bir necha soat o‘tib, Botken viloyatining Kak-Say va Paski-Ariq tumanlarida ham qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Kechqurun otishmalar to‘xtagan, qirg‘iz tomoni ikki nafar harbiy xizmatchi va uch nafar tinch aholi vakillari yaralangani haqida xabar bergan.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi