KXSHT doirasida harbiy politsiya va prokuratura mexanizmi paydo bo‘ladi
Olam
−
16 Sentabr 2021
4060Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ga a’zo davlatlarning vakolatli organlarining jinoyat va ma’muriy ishlar bo‘yicha hamkorlik mexanizmi yaratiladi. Bu haqda KXSHT rasmiy saytida bugun, 16 sentyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan xabarda so‘z boradi.
Mexanizm harbiy politsiya, harbiy tergov, harbiy prokuratura, harbiy sudlar (tribunallar)ni qamrab oladi va kollektiv xavfsizlik kuchlari tizimi tarkibiga kiruvchi shaxslarga qaratiladi.
Qayd etilishicha, yig‘ilish chog‘ida KXSHT davlatlari rahbarlari shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, tashkilot doirasida yurisdiksiyaviy masalalar bo‘yicha hamkorlik mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
“Prezidentlar KXSHTga a’zo davlatlar hududida kollektiv xavfsizlik kuchlari va vositalarining vaqtincha bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarda yurisdiksiyaviy masalalar hamda huquqiy yordam to‘g‘risida shartnoma imzoladi”, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, davlatlar rahbarlari KXSHT bosh kotibining tinchlikparvarlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili institutini yaratishni ma’qullagan.
LiveBarchasi