KXSHT Afg‘oniston bo‘yicha bayonot qabul qildi

Olam

image

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha bayonot qabul qildi. Bu haqda KXSHT bosh kotibi Stanislav Zas Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashi va tashkilot xavfsizlik kengashi kotiblarining qo‘shma majlisi yakunida ma’lum qildi.

“Delegatsiya rahbarlari KXSHT Kollektiv Xavfsizlik Kengashining Deklaratsiyasi loyihasini tasdiqlashdi va bir qator bayonotlarni, xususan, KXSHTga a’zo davlatlarning “Afg‘onistondagi vaziyat to‘g‘risida” qo‘shma bayonotni qabul qildilar, shuningdek, Tashqi ishlar vazirlarining axborot xavfsizligi va kiber terrorizmga qarshi kurash sohasidagi birgalikdagi sa’y -harakatlarni muvofiqlashtirishga kelishildi, Tashqi ishlar vazirlarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi inqirozli vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha kollektiv sa’y -harakatlar to‘g‘risida bayonot va Tashqi ishlar vazirlarining “Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga sobitlikni tasdiqlash va unga so‘zsiz amal qilishni ta’minlash uchun hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilindi”, dedi Zas.

Eslatib o‘tamiz, AQSH harbiylari Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy missiyani joriy yilning 31 avgust kuni to‘liq yakunladi. Biroq, amerikaliklar afg‘on diyorini tark etishni yakunlamasidan 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyat almashdi. “Tolibon” 15 avgust kuni Qobulga kirib borishdi va ertasi kuni urush tugagani haqida e’lon qildilar. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “qirg‘in-barotni oldini olish maqsadida” mamlakatni tark etdi.

6 sentyabr kuni toliblar Afg‘onistonning 34 provinsiyasidan eng so‘nggisi – Panjsher ular nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Ertasi kuni Afg‘oniston muvaqqat hukumatining yangi tarkibi e’lon qilindi.

Qayd etish kerakki, AQSHni holdan toydirgan Afg‘onistondagi kampaniyani Kichik Jorj Bush, Barak Obama va Donald Tramp kabi Prezidentlar yakunlay olmadi. Faqat Prezident Bayden davriga kelib Afg‘onistondan mamlakat qo‘shinlari olib chiqib ketildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing