KXDR Yaponiya tomonga yana ballistik raketa uchirdi – OAV

Olam

image
0:00
0:00
download

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bugun, 28 sentyabr kuni Yaponiya tomonga ballistik raketa uchirdi. Bu haqda “Kyodo” agentligi xabar berdi.

“Otilgan raketa Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasidan tashqariga tushgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda. 

Hozircha hodisa yuzasidan hech qanday zarar qayd etilmagan.

Yaponiya patrul xizmati mintaqadagi kemalarni dengizda raketa parchalari topilsa, ularga yaqinlashmaslikka va zudlik bilan rasmiylarga murojaat qilishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, 25 sentyabr kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirgan edi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing