KXDR rus kemasini qo‘lga oldi
Olam
−
24 iyul 2019
5194Shimoliy Koreya chegarachilari Rossiyaning “Shimoliy-Sharqiy baliq kompaniyasi”ga qarashli “Syanxaylin-8” baliqchilik kemasini qo‘lga oldi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, voqea 17 iyul kuni soat 4:00 da yuz bergan. Kema KXDR suv hududidan 55 mil ichkarida qo‘lga olingan.
Shimoliy Koreya chegarachilari kemaning harakat vaqtida unga chiqib, barcha aloqa vositalarini o‘chirishgan. Uning bortida17 nafar ekipaj a’zosi, jumladan ikki nafar Janubiy Koreya fuqarosi bo‘lgan.
Rossiya vakillari kecha, 23 iyul kuni qo‘lga olingan kema ekipaji bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo dengizchilar hamon kemada saqlanyapti. Ular har kuni so‘roq qilinyapti. Kemadagi harorat 30-35 darajagacha ko‘tarilib ketyapti.
Shuningdek, na rus diplomatlari, na kompaniya mazkur holat yuzasidan sud jarayoni qachon boshlanishini bilmaydi.
LiveBarchasi