KXDR mislsiz miqdorda yadro qurollari yasash imkoniga ega – Seul
Olam
−
25 Sentabr 2025 5782 2 daqiqa
Shimoliy Koreyada ikki tonnagacha yuqori darajada boyitilgan uran mavjud bo‘lishi mumkin. Bu haqda Janubiy Koreyaning Birlashish ishlari bo‘yicha vaziri Chon Don Yenga tayanib, “Yonhap” xabar berdi.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Shimoliy Koreya uzoq vaqtdan beri yadro kallaklari ishlab chiqarishda asosiy material bo‘lgan boyitilgan uranning “yirik” miqdoriga ega. Shuningdek, Janubiy Koreya Birlashish ishlari vazirining aytishicha, razvedka idoralari Pxenyanning 90 foizdan ortiq tozalikka ega yuqori darajada boyitilgan uran zaxirasini 2 ming kilogrammgacha deb baholamoqda.
“Bugungi kunda ham Shimoliy Koreyaning uran sentrifugalari to‘rtta ob’ektda ishlamoqda”, deydi Chon Don Yen jurnalistlarga.
Uning bildirishicha, bitta yadro bombasi yasash uchun atigi 5-6 kg plutoniy kifoya qilsa, 2 ming kg yuqori darajada boyitilgan uran mislsiz miqdorda yadro qurollari yasash imkonini beradi. Chonning aytishicha, Shimoliy Koreyaning yadro dasturini to‘xtatish dolzarb muammo, biroq sanksiyalar bu masalada samara bermaydi. Yagona yechim – Pxenyan va Vashington o‘rtasida bo‘ladigan sammit.
Ma’lumot uchun, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shu haftada AQSH bilan muloqotga ochiqligini, biroq yadro arsenalini saqlab qolishi kerakligini ma’lum qilgan. KXDR 2006 yilda ilk yadro sinovini o‘tkazgan va taqiqlangan qurol dasturlari uchun BMTning qator sanksiyalariga duchor bo‘lgan. Mamlakat o‘zining uran boyitish inshootlari tafsilotlarini o‘tgan yil sentyabrgacha oshkor qilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In yangi “maxfiy qurol” ishlab chiqilishini e’lon qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurol mamlakat mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada mustahkamlaydi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025