KXDR bilan bahsga yuz foiz tayyormiz – Hasanov
Sport
−
16 aprel
3554O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining yetakchi futbolchilaridan biri Sadriddin Hasanov 17 aprel kuni Shimoliy Koreyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
“Ertaga KXDR jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazamiz. Uchrashuvga yuz foiz tayyormiz. Nasib qilsa, oldimizga qo‘ygan maqsadlarimiz yo‘lida hech bir jamoa to‘sqinlik qila olmaydi. Murabbiylarimiz ko‘rsatmasi bilan har bir uchrashuvda borimizni beramiz va o‘zimizga yuklatilgan vazifalarni mukammal tarzda bajarishga harakat qilamiz”, deydi Hasanov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov bo‘lajak bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib, koreyslar bilan o‘yinda jamoasi hujumkor o‘yin ko‘rsatishini aytgandi.
LiveBarchasi