Kiyevdan yurish: Ukraina Belarusga qarshi sanksiyalar qo‘llashni rejalashtirmoqda

Olam

image

Ukraina Vazirlar Mahkamasi Belarus Respublikasining jismoniy shaxslariga nisbatan maxsus iqtisodiy va boshqa cheklov choralarini (sanksiyalarni) qo‘llash bo‘yicha Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashiga (MXMK) takliflar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Xabarlarga ko‘ra, tegishli buyruq hukumat yig‘ilishi paytida, muhokamasiz qabul qilingan. Hujjat bir oy ichida MXMK tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etiladi. Sanksiyalar uch yilga tatbiq etilishi taklif qilinmoqda.

Joriy yilning 28 may kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Yenin TIV Belarusda Aleksandr Lukashenko rejimi vakillariga qarshi  uchun sanksiyalar takliflarini tayyorlaganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko chegara qo‘shinlariga Ukraina bilan chegarani to‘liq yopish to‘g‘risida ko‘rsatma bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing