Kiyevdagi Rossiya elchixonasida Rossiya bayrog‘i rasman pastga tushirildi

Olam

image

Bugun, 23 fevral kuni Kiyevdagi Rossiya elchixonasida davlat ramzlaridan biri bo‘lgan Rossiya bayrog‘i pastga tushirilgan. Bu haqda Kiyevdan turib TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

Oliy Rada Rossiyani BMT va YeXHTdan chiqarib yuborishni so‘ramoqda north_east

Oliy Rada Rossiyani BMT va YeXHTdan chiqarib yuborishni so‘ramoqda

Diplomatik vakolatxona hududida faoliyat butunlay to‘xtatilgan. Elchixona atrofida Milliy gvardiya otryadlari va voqelar rivojini yoritib borayotgan televideniye jurnalistlari ko‘rinish bermoqda, xolos.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududidagi diplomatik vakolatxonalar va elchixona xodimlarini evakuatsiya qilishni boshlashi haqida ma’lum qilgan edi. 

Diplomatik missiya vakillaridan biri matbuotga “evakuatsiya allaqachon boshlanib bo‘ldi”, deya bildirgan.

Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyevda elchixonasi, shuningdek, Xarkov, Odessa va Lvovda bosh konsullik vakolatxonalari mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

603

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing