Kiyevda Moskva bilan kelishish uchun jasorat va donolik yetishmaydi – Rossiya TIV

Olam

image

Rossiya bilan siyosiy kelishuvga erishish uchun Ukraina rahbariyatiga ham donolik, ham jasorat yetishmayapti. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori Aleksey Polishuk TASS agentligiga bergan intervyusida so‘z ochdi. 

“Siyosiy kelishuv imkoniyatlari Kiyevga bog‘liq. Afsuski, ukrainalik siyosatchilarda buning uchun hali yetarlicha jasorat va donolik yo‘q”, deydi diplomat. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya hech qachon Ukrainadagi “maxsus operatsiya” maqsadlariga siyosiy va diplomatik vositalar orqali erishish imkoniyatini rad etmagan. Polishuk o‘tgan yilning bahorida Moskva va Kiyev muzokaralar olib borganini, avvaliga Ukraina tomoni so‘raganini, keyin esa o‘zi G‘arb homiylari ko‘rsatmasi bilan rad javobini berganini eslatdi.  

“Keyinchalik u [Kiyev] Rossiyaga “tinchlik formulasi” deb nomlangan ultimatumlar to‘plamini qo‘yib, uning davom etishini qonuniy ravishda taqiqladi”, deb tushuntirdi Rossiya TIV MDH mamlakatlari ikkinchi departamenti direktori. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2022 yil noyabr oyi o‘rtalarida G20 sammiti ishtirokchilariga videomurojaat qilib, 10 bandlik tinchlik rejasini ilgari surdi. Gap Rossiya Qurolli Kuchlarini 1991 yil chegaralaridan butunlay olib chiqib ketish va Qora va Azov dengizidagi eksklyuziv iqtisodiy zonadagi nazoratni Ukrainaga qaytarish haqida ketmoqda. Kiyev bu rejani ilgari surish uchun faol harakat qilmoqda. Xususan, shu maqsadda 24 iyun kunlari Kopengagen (Daniya), 5-6-avgust kunlari Jidda (Saudiya Arabistoni) va 28-29 oktyabr kunlari Maltada maslahatlashuvlar o‘tkazilgan. Rossiya bu uchrashuvlarga taklif qilinmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing