Kiyevda 140 yil deganda eng issiq ob-havo kuzatildi
Olam
−
06 iyul 2020
7658Ukraina meteorologlari Kiyevda yana bir harorat rekordini qayd etishdi: kecha, 5 iyul kuni shaharda havo 20,6 darajagacha isib ketdi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni Boris Sreznevskiy nomidagi Markaziy geofizik observatoriyasi ma’lum qildi.
"5 iyul kuni kechasi Ukraina poytaxtida 140 yil ichidagi eng issig‘i bo‘ldi", deyiladi rasadxonan veb-saytida.
Aniqlanishicha, tun davomida harorat +20,6 darajadan pastga tushmagan. 1988 yilda sinoptiklar poytaxtda havo haroratini +20,5 daraja deb qayd etishgan edi.
Mintaqada so‘nggi kunlarda issiq va quruq ob-havo kuztilmoqda. “Ukrgidrometsentr” ma’lumotlariga ko‘ra, shaharda haroratning pasayishi 8 iyul kuni kuzatiladi – kechasi +13 darajagacha, kunduzi esa 23 darajagacha.