Kiyev urushga tayyorlanmoqda – Putin
Olam
−
14 dekabr 2021
23805Bugun, 14 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida, tomonlar Rossiya va Ukraina chegarasidagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Bu haqda Kreml Matbuout xizmati xabar bermoqda.
Rossiya Prezidenti, Ukraina hukumati Minsk kelishuvlarini buzgan holda, kuch ishlatish usullariga, jumladan, Donbassda og‘ir artilleriyalar va uchuvchisiz hujum vositalaridan foydalanishga tobora ko‘proq e’tibor qaratayotganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, muloqot chog‘ida Rossiya rahbari chegaradagi vaziyatga o‘z fikrini bildirar ekan, Zelenskiy adminstratsiyasi ikki tomonlama kelishuvlarga amal qilishi shartligi haqida alohida to‘xtaldi.
So‘nggi kunlarda OAVda tarqalgan Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh hududda harbiy harakatlar olib borayotgani haqidagi xabarlarga Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov izoh berdi. Unga ko‘ra, Rossiya armiyasini o‘z hududida o‘zi hohlaganidek harakatga keltirmoqda. Bu hech kimda vahima uyg‘otib, xavotirga solmasligi kerak. Oxirgi paytlarda OAVda tarqalayotgan “Rossiyaning tahdidi” haqidagi xabarlar shunchaki NATOning Rossiya hududiga yaqin joylashib olishi uchun bahona, xolos.
O‘z navbatida, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Donbassda g‘arb instruktorlari soni ko‘payganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu Ukraina hukumatini “harbiy harakatlarga” undashi mumkin va bu Rossiya xavfsizligiga bevosita tahdid soladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin AQSH Prezidenti Bayden hamda Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass Rossiyani Ukraina hududiga hujumi Rossiya iqtisodida jiddiy qiyinchiliklar tug‘dirishi haqida ogohlantirgan edi.
Behruz Saidov
LiveBarchasi