Kiyev Rossiya maxsus kuchlarining Ukraina konsulini hibsga olishiga javob qaytardi

Olam

image
0:00
0:00
download

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Sankt-Peterburgdagi konsulining hibsga olinishiga norozilik bildirdi va Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi katta diplomatining mamlakatdan chiqarib yuborilishini e’lon qildi

“Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi katta diplomati 19 apreldan boshlab 72 soat ichida mamlakatdan chiqib ketishi kerak”, deyiladi Ukraina Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, bunday qadam Rossiyaning Sankt-Peterburgdagi Ukraina konsulini chiqarib yuborish haqidagi qaroriga javoban tashlangan.

“Biz 16 aprel kuni Ukrainaning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi yetakchisining noqonuniy hibsga olingani va unga Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqib ketish to‘g‘risida buyruq berilganiga nisbatan o‘zimizning qat’iy noroziligimizni bildiramiz. Biz konsulga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni butunlay inkor qilamiz. Rossiya hukumatining bunday xatti-harakatlari 1961 yilgi Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1963 yildagi Vena konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘pol ravishda buzmoqda hamda Rossiya tomonidan Ukraina bilan munosabatlarni yanada og‘irlashtirish yo‘li tanlanganini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi Ukraina TIV bayonotida.

17 aprel kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Muvaqqat ishlar vakili Vasiliy Pokotiloga mamlakat Federal xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan hibsga olingan Sankt-Peterburgdagi Ukrainaning konsuli Aleksandr Sosonyukni Rossiyadan chiqarib yuborilishini e’lon qildi. 

Eslatib o‘tamiz, 16 aprel kuni Ukrainaning konsuli Aleksandr Sosonyuk huquqni muhofaza qilish idoralari va FXX ma’lumotlari bazasidan maxfiy axborotlarni olgani uchun ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

658

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing