Kiyev markazida ukrainalik polkovnik otib o‘ldirildi (video)
Olam
−
10 iyul 21499 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX) polkovnigi Ivan Voronich Kiyevda o‘ldirildi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasining sobiq deputati Igor Mosiychuk o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Ayni paytda shaxsi aniqlanmagan erkak UXX polkovnigi Voronich Ivan Ivanovichga yaqinlashib, beshta o‘q uzdi. Shundan so‘ng voqea joyidan yashirindi”, deb yozgan Mosiychuk.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Voronich UXXning maxsus operatsiyalar markazi boshqarmasi bo‘limining katta operativ xodimi lavozimida ishlagan. U voqea joyida halok bo‘lgan. Hozirda hujumni amalga oshirgan shaxsni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Voronich UXX polkovnigi bo‘lganini o‘z manbalariga tayanib, “RBK-Ukraina” nashri ham tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 aprel kuni Rossiyaning Moskva viloyati Balashixa shahrida avtomobil portlashi oqibatida general Yaroslav Moskalik vafot etgan edi.