Kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid – Kusherboyev

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev maktablarda o‘quv darsliklarning pullik ijaraga berilishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasiga zid ekanini aytdi. U bu haqda Telegram-kanalida yozgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi", deb belgilangan. Ushbu Konstitutsion norma talablaridan kelib chiqilsa, davlat umumta’lim maktablarida ta’lim berish bilan bog‘liq barcha jarayonlar bepul hisoblanadi. Bunda darsliklar bilan o‘quvchilarni ta’minlash ham”, deydi deputat.

Qonunchilik palatasi deputatining fikricha, maktablarda darslik kitoblarni pullik ijaraga berish Konstitutsiyaga zid.

"Bu bizning nuqtai nazarimiz va uni to‘g‘ri, deb hisoblaymiz. Biroq bu boradagi yakuniy xulosani Konstitutsiyaviy sudimiz bildirganida yanada maqsadga muvofiq ish bo‘lardi", degan Rasul Kusherboyev. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 sentyabr kuni 2022-2023 o‘quv yili maktab darsliklarning ijara narxi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, ta’lim tili o‘zbek sinflar uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari 108 foizga oshirildi. Ota-onalar va jamoatchilik orasida norozilikni keltirib chiqargan ushbu masala bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirib, narx oshishini yangi darsliklarning chop etilish harajatlari, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi va qog‘ozni O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi bilan izohladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

322

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing