Kislorod yetishmasligini his qilishsin – Qodirov vaksinatsiyadan bosh tortganlarga tahdid qildi

Olam

image
Qodirovdan jonli efirda tahdid: “Juda ko‘p shaytonlarni yo‘q qilganman. Seni ham yo‘q qilaman” (video) north_east

Qodirovdan jonli efirda tahdid: “Juda ko‘p shaytonlarni yo‘q qilganman. Seni ham yo‘q qilaman” (video)

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov COVID-19’ga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab a’zolari bilan uchrashuvda respublikaning emlanishdan bosh tortgan aholisi tibbiy yordamni navbatning eng oxirida olishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Kavkaz.Realii” yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, Respublika rasmiylari ommani emlash zarurligiga ishontirish uchun huquqni muhofaza qilish va diniy idoralardan foydalanmoqchi. Checheniston rahbari, shuningdek, koronavirusga qarshi emlash tarafdorlari va unga qarshi chiquvchilarni aniqlash uchun komissiya tuzishni taklif qilgan.

“Agar shunda ham kimdir rozi bo‘lmasa, unda koronavirusdan eng oxiri bo‘lib davolansin. Shunda kislorod yetishmovchiligi qanchalik dahshatli ekanini his qiladi”, deydi Ramzan Qodirov.

Unga ko‘ra, faqat ommaviy ravishda emlanishgina aholini uchinchi karantindan, komendantlik soati va niqob rejimidan qutqarishi mumkin.

Rossiyada epidemiya boshlanganidan beri, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 5 milliondan ortiq kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan, 119 mingdan ortiq odam vafot etgan. Chechenistonning o‘zida 12 mingdan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirish holatlari aniqlangan. Mamlakatda koronavirusga qarshi ommaviy emlash esa joriy yilning 18 yanvaridan boshlandi.

Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev rasmiylar majburiy emlashni joriy qilishi mumkinligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bir tomonda “bir kishi hayotning qiymati”, ikkinchi tomonda “butun aholini himoya qilish” vazifasi turganda ”qadriyatlarning mutanosibligi” masalasidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing