Kirkorov katta miqdorda jarimalar to‘ladi
Madaniyat-san’at
−
19 avgust 2019 8953 1 daqiqa
Xonanda Filipp Kirkorov 30 dan ortiq qoidabuzarliklari uchun 500 dan 3 ming rublgacha jarimaga tortildi, deya xabar bermoqda Vesti.
Uning qoidabuzarliklari Moskva va Moskva viloyatida qayd etilgan. Kirkorovning qoida buzganliklari Federal sud ijroiya xizmati bazasiga kiritilgan.
Biroq, xonandaning rejissyori Gennadiy Ribakka ko‘ra, Filipp Bedrosovichning to‘lanmagan jarimasi yo‘q. U barcha jarimalar to‘langanini ko‘rsatgan mobil ilova sahifasining skrinshotini ko‘rsatdi.
Bundan tashqari, Kirkorov Kreml oziq-ovqat fabrikasidan 82 ming rubl qarzdor edi. Ushbu pul Kirkorovning iltimosiga binoan Kremldagi san’atkorlarga qo‘shimcha ovqat uchun sarflangan.
Konsert bir yil oldin bo‘lib o‘tgan, ammo hisob-kitob qilinmagan. Shundan so‘ng, oziq-ovqat fabrikasi sudga murojaat qilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr