Kinorejissyor Bahrom Yoqubov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
12 mart 2021
19053Kecha, 11 mart kuni taniqli kinorejissyor Bahrom Yoqubov 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda "O‘zbekkino" milliy agentligi ma’lum qildi.
Bahrom Yoqubov 1961 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. A.N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutining aktyorlik fakultetini tugatgan. Uzoq yillar "O‘zbekfilm" va "O‘zbektelefilm" studiyalarida rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlagan. Rejissyor sifatida dastlabki ishi "Yosh yozuvchining kundaligi" qisqa metrajli badiiy filmi bo‘lib, u 1989 yilda suratga olingan. Keyin ko‘p yillar davomida hujjatli filmlarni suratga oldi. U katta kinoteatrlarga 2003 yilda "Sarvinoz" to‘liq metrajli filmi bilan kirib kelgan.
Bundan tashqari, u ijodi davomida “Baxt uchun million”, “Fotima va Zuhra”, “Majruh”, “Super kelinchak”, “Ichkuyov”, “Zirapcha”, “O Maryam, Maryam”, “Zuhra”, “Antiqa ajrashish” kabi filmlarni suratga olgan.
QALAMPIR.UZ tahririyati jamoasi kinorejissyorning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
LiveBarchasi
26 noyabr