Kinematografiyani rivojlantirish markaziga yangi rahbar saylandi
Jamiyat
−
14 iyun 2023
6972O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Boshqaruv kengashining yig‘ilishi qaroriga asosan Furqat Usmonov Markaz direktori etib saylandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bunga qadar u Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Furqat Usmonov bir qator hujjatli filmlar muallifi va rejissyori hisoblanadi. Uning muallifligidagi “Xalq yuragi”, “Alisher Navoiy”, “Abdulla Oripov”, “Mustahkam” kabi filmlar O‘zbekiston kinoteatrlari va telekanallari orqali namoyish etilgan. “Inson” hujjatli filmi turli xalqaro kinofestivallarda e’tirof etilib, oliy mukofotlarga sazovor bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2021 yilning noyabr oyida O‘zbekiston Kinematografiya agentligi va kinosanoati vakillari muassisligida O‘zbekiston Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi o‘z ishini boshlagan. Markaz nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 7 apreldagi “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 6202-sonli Farmoniga asosan tashkil etilgan.
LiveBarchasi