Kimlar ro‘za tutmasligi mumkin?
Foydali
−
17 may 2019
23038Ayni payt butun musulmon dunyosida Ramazon oyi ro‘zasi ado etilmoqda. Har bir musulmon uchun ro‘za tutish farzdir. Ammo, ayrim hollarda shariat tomonidan Ramazon oyi ro‘zasini tutmaslikka ruxsat beriladi. Quyida sizning e’tiboringizga qanday hollarda ro‘za tutmasligi haqida ma’lumot beramiz.
• Kasal kishi dardining zo‘rayishidan yo cho‘zilishidan qo‘rqsa, Ramazon ro‘zasini tutmasa bo‘ladi. Ro‘za tutgan bo‘lsa, dardi kuchaygach, ro‘zasini ochib yuborsa, unga kafforat lozim bo‘lmaydi. Agar kasal kunduzi sog‘ayib qolsa, o‘sha kuni iftor vaqtigacha yemay-ichmay turishi lozim.
• Musofir safari davomida qiynalsa-qiynalmasa, Ramazon ro‘zasini tutmasligi mumkin. Lekin safari davomida qiyinchilik bo‘lmasa, ro‘za tutishi fazilatdir. Ramazon ro‘zasini niyat qilgach, safarga chiqqan kishi ro‘zasini ochmasligi zarur. Agar musofir yurtiga kunduzi qaytib keladigan yo borgan joyida muqim bo‘ladigan bo‘lsa, o‘sha kuni ro‘za tutishi kerak. Agar o‘sha kuni ro‘za tutmasa, quyosh botgunicha yemay-ichmay turishi vojibdir.
• Homilador va emizikli ayol ro‘za tutsa, o‘zi yo bolasi qiynalsa, Ramazon ro‘zasini tutmasligi mumkin.
• Hayz va nifos holatida bo‘lgan ayollar ro‘za tutishlari mumkin emas. Ro‘zador ayol hayz ko‘rib qolsa yo ko‘zi yorib, nifos qonini ko‘rsa, ro‘zasini ochadi. Hayz yo nifos qonidan tong otganidan keyin toza bo‘lgan ayol o‘sha kuni ro‘za tutmaydi, lekin iftor vaqtigacha yemay-ichmay turishi vojibdir.
• Kasal tuzalgach, musofir muqim bo‘lgach, homilador va emizikli ayol zarar xavfi yo‘qolgach, ayol hayz yo nifosdan toza bo‘lgach, Ramazon ro‘zasidan tutmagan kunlarining qazosini tutib berishi lozim.
LiveBarchasi