Kimlar koronavirusning og‘ir shakliga chalinmasligi aytildi

Salomatlik

image

Koronavirusning og‘ir shakli faqatgina surunkali kasalligi bor, qon aylanishi buzilishi va immun tizimida muammosi bor odamlarda uchraydi. Bu haqda Vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy rahbari Vitaliy Zverev aytib o‘tdi.

“Surunkali kasallikka chalingan, qon aylanish tizimi yoki immun tizimi buzilgan odamlar kasallikni og‘ir o‘tkazadi. Qolganlarga niqob rejimi va gigiyena standartlariga rioya qilgan holda deyarli hech narsa tahdid solmaydi”, degan Zverev.

Uning ta’kidlashicha, kasallikning og‘ir shakli bo‘lgan odamdan uni yuqtirish ehtimoli yuqoriroq.

Mutaxassis kasallikni yengil o‘tkazayotgan odamlar jamiyat uchun kam darajada xafv tug‘dirishini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

842

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing