Kimlar xom sabzavot yeyishi mumkin emas? 

Salomatlik

image

Terapevt shifokor, diyetolog, tibbiyot fanlari nomzodi Yekaterina Burlyayeva kimlar xom sabzavot iste’molidan tiyilishi kerakligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, issiqlik bilan ishlov berilmagan sabzavotlar oshqozon-ichak traktining eroziv yoki oshqozon yarasi kasalliklariga chalinganlarga tavsiya etilmaydi. 

Shuningdek, mutaxassis sabzavotlarning pishganidan ko‘ra xomi foydali ekani to‘g‘risidagi fikrlarni rad etgan. 

Masalan, pomidor tarkibidagi likopen moddasi pishgan ovqatlarda yaxshi singib ketadi. 

"Ba’zi tadqiqotlarda likopenning saraton xavfini kamaytirishi isbotlangan. Likopenni o‘z ichiga olgan ovqat yog‘lar ishtirokida pishirilganda bu moddalarning ichakka singishi yaxshilanadi", degan shifokor. 

Shu bilan birga, u haroratning 100 darajaga ko‘tarilishi likopen tarkibining pasayishiga olib kelishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

xom sabzavotlar

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar