Kimyogarlar yangi reaksiya uchun Nobel oldi
Olam
−
05 Oktabr 2022
5566Kimyo bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik Karolin Bertotssi, daniyalik Morten Meldal va amerikalik Barri Sharplessga berildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yilgi kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti molekulalarni yaratish vositalari uchun berilgan.
“Funksional molekulalar hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l bilan ham tuzilishi mumkin”, deydi Kimyo bo‘yicha Nobel qo‘mitasi raisi Yoxan Okvist.
Qo‘mita bayonotida ta’kidlanishicha, Barri Sharpless va Morten Meldal molekulyar qurilish bloklari tez va samarali birlashadigan klik kimyosiga (Kichik elementlarni bir-biriga ulash orqali kimyoviy moddalarni tez va ishonchli ishlab chiqarish uchun moslashtirilgan kimyoviy reaksiyalar – tahr.) asos solgan.
Kerolin Bertotssi esa klik kimyosini tirik organizmlarda qo‘llash orqali keyingi bosqichga olib chiqqan.
Natijada, bioortogonal reaksiyalar hozir butun dunyo bo‘ylab hujayralarni o‘rganish va saraton o‘smalariga qarshi dorilarni yo‘naltirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, 4 oktyabr kuni fizika bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylingerga berildi. 3 oktyabr kuni esa fiziologiya yoki tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti shved biologi Svante Peaboga topshirildi.
LiveBarchasi