Kimyo zavodida kuchli portlash: 7 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
08:42 2389 2 daqiqa
Kecha, 1 oktyabr kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi Krasnozavodsk kimyo zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “The Moscow Times” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa “Rostex”ga qarashli Krasnozavodsk kimyo zavodida yuz bergan. Mahalliy aholi uchta kuchli portlash ovozini eshitgani va uylar silkinganini aytgan. Shundan so‘ng korxona hududida yong‘in boshlangan.
Yong‘in chiqqan binodan qariyb 40 nafar ishchi evakuatsiya qilingan. Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmatlari vakili “RIA Novosti”ga vayronalar ostida hali ham odamlar borligini ma’lum qilgan.
“Shot” ma’lumotiga ko‘ra, halok bo‘lgan 7 kishi 4-sexda bo‘lgan. Mazkur sex portlash oqibatida to‘liq qulagan. Jabrlangan ishchilarning so‘zlariga ko‘ra, sexda bundan ko‘proq odam ishlagan.
“The Moscow Times”ning Telegram kanallarga tayanib xabar berishicha, zavodda xavfli yuk bo‘lgan tarkib portlagan, oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan va yana 30 kishining taqdiri esa noma’lum. Rasmiy ma’lumotlarda qurbonlar soni hozircha 7 kishi ekani aytilgan.
Hodisa joyida uchta tez yordam brigadasi va Tibbiy ofatlar markazining ikkita brigadasi ishlamoqda. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.
Nashrga ko‘ra, guvohlar tasvirga olgan kadrlarda korxona ustida kuchli yong‘in va quyuq tutun ko‘tarilayotgani aks etgan. Tezkor xizmatlar hodisani texnogen xususiyatga ega deb baholagan. Mazkur hududda havo hujumi haqida xabar berilmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Krasnozavodsk kimyo zavodi patronlar va pirotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bolgariyaning markaziy qismidagi qurol-yarog‘ saqlanadigan hududda portlash bo‘lib, hodisa sababli mamlakatdagi o‘q-dori omborlaridan birida yong‘in chiqqan edi.
Live
BarchasiTo‘qayev Putinni atoqli davlat arbobi deb atadi
29 Sentyabr