Markaziy Osiyoning eng badavlat odami aniqlandi

Olam

image

"Forbes" jurnalining so‘nggi reytingiga ko‘ra, Qozog‘istonning "KAZ Minerals" kompaniyasi aksiyadori Vladimir Kim Markaziy Osiyoning eng boy odamiga aylandi.

Jurnal Kimning boyligini 4,5 milliard dollarga baholab, dunyo boylari o‘rtasida 424-o‘rin, Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda esa birinchi o‘ringa loyiq ko‘rgan.

Vladimir Kim 90-yillarda AQSHda texnika fanlari nomzodi, biznes va ma’muriy boshqaruv bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajalarini olgan. Qozog‘istonning “Jezkazgansvetmet” kompaniyasida ishlagan.

2005 yilda rangli va qimmatbaho metallar qazib chiqarish hamda qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi “Kazaxmыs” kompaniyasi rahbari etib tayinlangach, kompaniya London fond birjasiga chiqib, katta muvaffaqiyat qozongan. 2014 yilda kompaniya "KAZ Minerals" nomi bilan qayta atalgan.

2013 yilda kompaniya direktorlar kengashi raisligidan iste’foga chiqqan, lekin asosiy aksiyador sifatida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda Kim "Forbes" ro‘yxatida 766-o‘rinni band etib, boyligi 3,1 milliard dollarga baholangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing