Kim Kardashyan Malika Dianaga tegishli marjonni sotib oldi
Madaniyat-san’at
−
20 yanvar 2023
12247Amerikalik model Kim Kardashyan malika Diana foydalangan zargarlik buyumini millionlab dollarga sotib oldi. Bu haqda TMZ nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, malikaga tegishli zargarlik buyumi “The Garrard” brendi tomonidan ishlab chiqarilgan. Marjon ko‘plab ametistlar va olmoslar bilan qoplangan. U ilgari Nyu-Yorkdagi Sotheby's uyi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Royal & Noble” kim oshdi savdosida 150 ming AQSH dollardan ziyodga sotilgan.
Sotheby's vakilining so‘zlariga ko‘ra, taniqli model Kim Kardashyan ushbu marjonni 197,4 ming AQSH dollariga sotib olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, malika Diana ushbu zargarlik buyumini 1987 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan gala xayriyada taqqan. O‘shanda “The Garrard” zargarlik kompaniyasi taqinchoqni Dianaga qarz sifatida ishlatish uchun berib turgan.
Eslatib o‘tamiz, malika Diananing baqlajon rangli baxmal ko‘ylagi 25 yil ichida birinchi marta Sotheby's auksioniga qo‘yilgan edi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi