Kim Kardashyan sobiq eridan oyiga 200 ming dollar aliment undirdi 

Madaniyat-san’at

image
0:00
0:00
download

Taniqli model Kim Kardashyan sobiq eri repper Kane Uestdan oyiga 200 ming dollar (167 000 funt sterling) miqdorida aliment oladigan bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

So‘ngi sud jarayonida ular farzandlarining mulkini taqsimlash va vasiylik qilish bilan bog‘liq masalalarni hal qilgan va ana shunday kelishuvga kelgan. Bundan tashqari, Kane to‘rtta bolani o‘qitish va himoya qilish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizini ham o‘z zimmasiga olishi kerak.

Ma’lumot o‘rnida, Kardashian eri bilan 8 yil birga yashagan. Ularning o‘rtasida 4 nafar farzand bo‘lgan. Ajralishga birinchi bo‘lib Kim Kardashyan 2021 yilda ariza bergan. Bunga Uest va bir nechta kompaniya o‘rtasidagi janjallar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 42 yoshli Kardashyan avvalroq taqdim etgan bir nechta bayonotida nikohning tugatilishini juda xohlashini aytgan. Biroq 45 yoshli Uest ajralishga doim qarshi kurashgan. 

Avvalroq Uest 2024 yilda AQSH prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyatida ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

581

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing