Repper Kane Uest Amerika prezidentligi uchun nomzodini qo‘yadi 

Olam

image

Amerikalik taniqli repper Kane Uest Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentligi uchun 2024 yili bo‘lib o‘tadigan saylovlarda ishtirok etadi. Bu haqda “New York Post” nashri xabar berdi.

Kane Uest Amerikada yaxshigina mashhurlikka ega. Uni Twitter'da 32 million va Instagram'da 18 million foydalanuvchi kuzatib boradi.

Uestning bahsli chiqishlari sababli Twitter'dagi sahifasi bloklangan edi. Ammo 2022 yilning 8 oktyabr kuni repperning akkaunti qayta tiklandi. Bu paytda uning yaqin do‘sti Ilon Mask hali Twitter'ga rasman direktor bo‘lmagan edi va u Kanening Twitter'ga qaytganidan xursandligini bildirgan.

Kane Uest mashhurligiga yana bir sabab u taniqli model Kim Kardashianning turmush o‘rtog‘i bo‘lgan. 2021 yilning 19 fevralida yulduzli juftlik ajrashishga qaror qilgan.

U musiqachi sifatida qanchalik mashhur bo‘lmasin amerikaliklar uni siyosatchi sifatida jiddiy qabul qilmaydi. Buni 2020 yilgi prezidentlik saylovidagi natijalar ham ko‘rsatib turibdi. O‘shanda Kane 12 ta shtatdagi saylovchilarning 57 mingta ovoziga ega bo‘lgan va mag‘lubiyatga uchragan.

Avvalroq, sobiq Prezident Donald Tramp ham 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Kan'e Uest

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar