Kim Kardashyan 1,26 mln dollar jarimaga tortildi

Madaniyat-san’at

image

Amerikalik model va aktrisa Kim Kardashyan kriptovalyutalar reklamasi sabab AQSHning “Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi” tomonidan 1,26 million dollar jarimaga tortildi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.

Gap shundaki, 2021 yilning yozida Kardashyan o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali “EthereumMax” kriptovalyutasi haqida post joylashtirgan va buning uchun 250 ming AQSH dollari miqdorida haq olgan. Ammo, bu ishni reklama huquqi asosida amalga oshirganini oshkor etmagan, balki shaxsiy tavsiya sifatida o‘z kuzatuvchilari bilan ulashgan. Ana shu vaqtda Instagram'da uni 225 million obunachisi bo‘lgan.

Buning oqibatida, Kardashyan federal qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunlarning anti-touting (halol savdo) qoidalarini buzganligi aniqlandi va hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 million dollar jarima, u olgan 250 000 dollar miqdoridagi to‘lov, shuningdek, qo‘shimcha foizlar bilan unga 1,26 million dollar miqdorida jarima belgilandi.

“Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi” raisi Gari Genslerning ta’kidlashicha, AQSH qonunchilgiga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlar bilan pardoz anjomlari reklamalari o‘rtasida farq bor.

“Agar siz pardoz anjomlari, oromgoh yoki biror maxsulotni reklama qilayotgan bo‘lsangiz, bu bilan bog‘liq turli qonunlar mavjud. Lekin gap kriptovalyuta haqida ketsa, bu qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etishni talab etadi” deydi u.

Ammo, bu holat Kardashyanni tushkunlikka tushirmagan. Uning advokatlari ma’lum qilishicha Kardashyan Komissiya xulosalarini rad etmagan va bu masalada hamkorlik qilishga rozi.

“Kardashyan Komissiyaga yordam berish uchun qo‘lidan kelganini qilishga tayyor va bu masalani ortga surmoqchi emas. Shuningdek, Kardashyan endi uch yil davomida kripto qimmatli qog‘ozlarni reklama qilmasligini ma’lum qilamiz”, deydi advokat.

Ma’lum bo‘lishicha, Kim Kardashyan qimmatli qog‘ozlar narxiga o‘z tasirini o‘tkazishda reklama talablarini buzgani uchun jarimaga tortilgan birinchi taniqli shaxs emas. Bungacha, turli yillarda bokschi Floyd Meyvezer, musiqiy prodyusser DJ Khaled va aktyor Stiven Sigallar ham jarimaga tortilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Kim Kardashyanning asl ismi Kimberli Noel Kardashyan bo‘lib, u 1980 yilning 21 oktyabr kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida tug‘ilgan. U aktrisalik, dizaynerlik, modellik va tadbirkorlik faoliyatini olib boradi. Unga asosiy omadni 2007 yildan 2021 yilgacha efirga uzatilgan “Kardashyan oilasi” realitiy-shousi keltirgan. “Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra Kardashyanning boyligi 1,8 milliard dollarga baholanadi. Uning Instagram'dagi obunachilari soni bugungi kunda 330 milliondan ziyod.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

393

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing