Kim Chen Inning qiziga adashlar ismini o‘zgartirishi talab qilinmoqda
Olam
−
15 fevral 2023
12504Shimoliy Koreya hukumati oliy rahbar Kim Chen Inning qizi bilan adash bo‘lgan qiz va ayollardan ismlarini o‘zgartirishni talab qilmoqda. Bu haqda “Radio Free Asia” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya hukumati Chju E ismli har bir kishini o‘z nomini o‘zgartirishga majbur qilmoqda. Chunki Chju E ismi faqat Kim Chen Inning qizini anglatishi va uning siyosatchi hamda tashviqot vositasi sifatida muhim rol o‘ynashini tasdiqlashi kerak.
Ma’lumki, so‘nggi oylarda davlat ommaviy axborot vositalari Chju Ening muhim tadbirlarda otasiga hamrohlik qilayotganiga e’tibor qaratmoqda. Bu esa u mamlakatni boshqarish uchun navbatdagi voris bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Biroq vaziyatning ajablanarli jihati shundaki, uning ismi hali rasman ommaga oshkor etilmagan. Davlat ommaviy axborot vositalarida u hali ham “Olijanob bola”, “Hurmatli bola” yoki “Sevimli qiz” deb atab kelinmoqda.
Ijtimoiy xavfsizlik rasmiysining aytishicha, rasmiylarning “Chju E” ismli shaxslarni tergov qilishi va ularning ismini o‘zgartirishga majbur qilishining sababi “Eng oliy qadr-qimmatning olijanob farzandi” deb e’lon qilingan qizning ismi Chju E bo‘lganida. Bundan tashqari, xuddi shu nomdagi har qanday odamdan qutulish uchun buyruq chiqqan.
Ma’lumot uchun, odamlarni ismlarini hukmron oila a’zosining ismi bilan bir xil bo‘lgani uchun o‘zgartirishga majburlash Shimoliy Koreya tarixida oldin ham 3 marta sodir bo‘lgan. Ammo har safar amaldagi rahbarning ismi bilan bir xil ismlar o‘zgartirilgan. Bu esa Chju Ening bo‘lg‘usi rahbar bo‘lishi haqidagi taxminlarni kuchaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shimoliy Koreya fuqarolardan o‘z ismlarini mafkuraviy ma’noga ega bo‘lgan nomlarga almashtirishni talab qilgandi. Shimoliy koreyaliklar o‘z farzandlariga Chung Sim (sadoqat), Chong Il (qurol), Pok Il (bomba) yoki Ui Song (sun’iy yo‘ldosh) kabi mafkuraviy yoki hatto militaristik ma’noga ega bo‘lgan vatanparvarlik nomlarini berishga da’vat etilgandi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi