Kim Chen In Janubiy Koreya Prezidentining uzrini qabul qildi

Olam

image

KXDR rahbari Kim Chen In Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myonning Shimoliy Koreya chegarasini kesib o‘tgan dronlar bilan bog‘liq hodisa uchun uzrini qabul qildi. Bu haqda xabar Markaziy telegraf agentligiga xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kim Chen In uzrni halol va olijanob insonning xatti-harakati deb baholagan.

“Koreya Respublikasi tinchlik va barqarorlik muhimligi haqida faqat so‘zda gapirib qolmay, KXDRga qarshi har qanday mulohazasiz provokatsiyalarni to‘xtatishi va o‘z xavfsizligi uchun har qanday aloqa qilishga bo‘lgan urinishlardan voz kechishi kerak”, deyiladi xabarda.

Pxenyan agar KXDRning daxlsiz suverenitetini buzuvchi provokatsiya yana takrorlansa, Janubiy Koreya tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada katta tovon to‘lashi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon Shimoliy Koreya tomon dronlar uchirilishi bilan bog‘liq hodisa uchun KXDRdan uzr so‘ragan edi. Hodisaning o‘zi 31 mart kuni sodir bo‘lgan. Harbiy politsiya tezkor guruhi yuz bergan voqeani “yakka tartibdagi chetga chiqish” (individual xatolik) deb baholagan. Bu Janubiy Koreya Prezidenti dron bilan bog‘liq hodisa yuzasidan Shimoliy Koreyaga bevosita afsuslanish bildirgan ilk holatdir.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In Janubiy Koreya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing