Kim Chen In nega omma oldida kam ko‘rinish bermoqda?

Olam

image
0:00
0:00
download

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli jamoat tadbirlarida ishtirokini to‘xtatgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Seuldagi matbuot anjumanida Ikki Koreyani birlashtirish vazirligi vakili aytib o‘tdi.

“Biz Kim Chen In 2020 va 2021 yillarda jamoatchilik oldida kamroq ko‘rinayotganining guvohi bo‘lyapmiz. Yagona istisno — bu yirik siyosiy voqealar, masalan, partiya qurultoyi”,  deydi u.

Rasmiyning qo‘shimcha qilishicha, KXDR yetakchisi oxirgi marta 7 may kuni Pxenyandagi konsertda ko‘rinish bergan.

2020 yil bahorida Kim Chen Inning uzoq vaqt jamoatchilikka ko‘rinmasligi uning sog‘lig‘i to‘g‘risida ko‘plab mish-mishlarga sabab bo‘ldi. Keyinchalik Shimoliy Koreya rahbari 11 aprel kuni ommaviy axborot vositalaridan g‘oyib bo‘ldi, uning yangi fotosuratlari 20 kundan keyin e’lon qilindi. 

Shu vaqt ichida siyosatchi bir necha muhim voqealarni, shu jumladan, mamlakatdagi asosiy bayram “millat yetakchisi” Kim Ir Senning tug‘ilgan kunini o‘tkazib yubordi. Ba’zi ommaviy axborot vositalari Kim Chen In og‘ir kasal yoki hatto o‘lgan, deya xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

269

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing