Kim Chen In dron ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi
Olam
−
26 avgust
3507KXDR Milliy mudofaa akademiyasi dron instituti mamlakat yetakchisi Kim Chen In kuzatuvi ostida kamikadze dronlarini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan – dronlar belgilangan yo‘nalishlar bo‘ylab uchib, nishonlarni topib, ularni yo‘q qilgan.
Kim Chen In kamikadze dronlarini ishlab chiqarishni ko‘paytirish va Shimoliy Koreya armiyasini taktik piyodalar va maxsus operatsiyalar bo‘linmalarida foydalanish uchun ushbu turdagi qurollar bilan tezkorlik bilan jihozlashga chaqirdi.
Xususan, agentlik hisobotida suv osti dronlari, hujumchi dronlar va razvedkachi uchuvchisiz uchish qurilmalari keltirilgan.
2024 yilning boshida Shimoliy Koreya yadroviy kallak bilan jihozlanishi mumkin bo‘lgan Haeil-5-23 suv osti dron tizimini sinovdan o‘tkazayotganini e’lon qilgandi. KXDR Mudofaa vazirligi bu AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaning Yapon dengizida o‘tkazgan 3 kunlik harbiy mashg‘ulotlariga javob ekanligini ma’lum qildi.
Haeil-5-23 tizimining mavjudligini mustaqil tasdiqlashning imkoni yo‘q. Pxenyanning bildirishicha, suv osti uchuvchisiz samolyoti ilk bor 2023 yilning mart oyida sinovdan o‘tkazilgan va u dushman kemalari va muhim portlarga kutilmagan hujumlar uyushtirishga qodir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR raketa sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazganini e’lon qilgandi.
Shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi Kiyev viloyatiga havo hujumida Shimoliy Koreya raketasidan foydalangan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi