Kim Chen In bir oy deganda omma oldida paydo bo‘ldi
Olam
−
16 noyabr 2021
7486KXDR yetakchisi Kim Chen In mamlakat shimoli-g‘arbidagi Respublikadagi eng yirik zamonaviy shahar qurilishi olib borilayotgan Samchjiyon shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kim Chen In “qurilishning uchinchi, yakuniy bosqichining borishi bilan shaxsan tanishish maqsadida Samchjiyon shahriga inspeksiya bilan tashrif buyurgan”.
Bu davlat rahbarining bir oydan ortiq vaqt ichida birinchi marta omma oldida chiqishidir. KXDR yetakchisi oxirgi marta joriy yilning 11 oktyabr kuni Pxenyandagi mudofaa ko‘rgazmasida nutq so‘zlagan edi.
Ta’kidlanishicha, KXDR rahbariyati Xalq Respublikasidagi eng yirik qurilish loyihasining borishiga katta e’tibor qaratmoqda.
Kim Chen In muqaddas Pektusan tog‘i etagida joylashgan ushbu hududga muntazam tashrif buyuradi.
Avvalroq, Koreya Xalq Demokratik Respublikasida mamlakatning sobiq yetakchilari Kim Ir Sen va Kim Chen Irning portretlari yo‘qolib qola boshlagani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi