Kim Chen In harbiy parad oldidan maxsus tadbirda qatnashdi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In kecha, 7 fevral kuni rafiqasi va qizi bilan Koreya xalq armiyasi tashkil etilganining 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda qatnashdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Kim Chen In ziyofatda faxriy askarlarga hurmat bajo keltirar ekan, mamlakat armiyasini kuchaytirishga chaqirib, eng so‘nggi qurollar namoyish etiladigan yirik harbiy parad paytida qo‘shinlari bilan uchrashishini aytgan.

“Keling, qurolli kuchlarimizni mustahkamlash va rivojlantirish uchun barcha sa’y-harakatlarimizni ikki barobarga oshirib, sotsialistik vatanning gullab-yashnashi uchun ko‘proq harakat qilaylik”, dedi u ziyofatdagi nutqi chog‘ida.

Xalqaro tahlilchilarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar Shimoliy Koreya qo‘shinlari bir necha oy davomida shu hafta kutilayotgan yirik harbiy paradga tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rsatgan. Bunday paradlar odatda Pxenyan shahri markazidagi Kim Ir Sen maydonida o‘tkaziladi va ko‘pincha yangi qurollarni, jumladan, yadroviy kallaklarni tashishga mo‘ljallangan ballistik raketalarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.

Shuningdek, Seulda joylashgan manbalar bugun, 8 fevral kuni soat 1:00 larda yoritilgan samolyotlar Pxenyan ustidan pastlab uchib o‘tgani va maydondan musiqa yangraganini payqagan. Bu esa parad yaqinlashayotganini anglatadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Shimoliy Koreya o‘zining rekord darajadagi qit’alararo ballistik raketasini uchirgan edi. Janubiy Koreya va Amerika Qo‘shma Shtatlari esa Shimoliy Koreyaga qarshi o‘z harbiy mashg‘ulotlarini kuchaytirgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kim Chen In armiyasini urushga tayyor turishga chaqirgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made