Kilian Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi
Sport
−
29 iyun 2019
3294PSJ hujumchisi Kilian Mbappe klub bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi. Yigirma yoshli fransuz forvardi boshqa klubga o‘tishni istamoqda. Mbappe klub prezidenti Naser Al-Xelayfiy bilan uchrashgan va shartnomani uzaytirishga xohishi yo‘qligini bildirgan.
Futbolchining o‘zi esa unga qiziqish bildirayotgan "Real" tarkibiga borib qo‘shilishni istamoqda. "Real" rahbariyati esa hozircha Mbappe bilan bu borada muzokaralar olib borilayotganini rad etib kelmoqda. Hujumchining klubni tark etishiga asosiy sabab qilib, PSJning Yevropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligi ko‘rsatilmoqda.
Mbappening parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilgacha amal qiladi.
Agarda Mbappe "Real"ga o‘tishni istasa, klub uni keyingi yil yozidagina qo‘yib yuborish mumkin. Buning uchun "Qirollik klubi" 250 mln. yevro to‘lashga tayyor turishi kerak.
LiveBarchasi