Kichik Yemelyanenko sobiq raqibi bilan yana jang qilmoqchi
Sport
−
05 fevral 2896 1 daqiqa
Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Yemelyanenko 2025 yilda Vyacheslav Datsik bilan revansh jangini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Datsik – raqib bo‘lish uchun variantlardan biri. Biz u bilan jang o‘tkazish ehtimolini ko‘rib chiqyapmiz”, deydi “National Fighting League” rahbari G‘iloniy Kalimatov.
Datsik Yemelyanenkoni 2022 yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi jangda nokautga uchratgan.
Ma’lumot uchun, “Tapalogy” ma’lumotlariga ko‘ra, 43 yoshli Yemelyanenko pro MMA'da 29-9-1 rekordga ega. 44 yoshli Vyacheslav Datsik esa asosan pop MMA'da faoliyat olib boradi. “Tapology”ga ko‘ra, Datsik 14-16-0 rekordga ega. Fyodor ukasidan farqli ravishda bir qator nufuzli MMA ligalarida yorqin faoliyat olib borgan, biroq katta Yemelyanenko oxirgi intervyularida ukasi bilan munosabatlari yaxshi emasligini bir necha bor aytib o‘tgan.
Live
Barchasi