Kichik Kennedidan tortib Trampgacha. 2024 yilgi AQSH prezidentligiga kimlar da’vogarlik qilmoqda?
Olam
−
05 mart 2023
9886Amerikalik biznesmen va respublikachi Perri Jonson 2024 yilgi saylovlarda AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lish niyati borligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, prezidentlikka Amerikaning sobiq prezidenti Donald Tramp, amaldagi Prezident Jo Bayden ham o‘z nomzodini ko‘rsatgan. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Perri Jonson “Perry Johnson Registrars” kompaniyasi asoschisi bo‘lib, u sanoat uchun sertifikatlashtirish va ro‘yxatga olish xizmatlarini taqdim etadi va Qo‘shma Shtatlardan tashqari yana yettita mamlakatda ishlaydi.
Jonsonning tarjimai holida allaqachon saylovlarda qatnashish uchun bitta muvaffaqiyatsiz urinish mavjud. U bir yil oldin u Michigan gubernatori lavozimiga nomzod bo‘lgan, ammo nomzodlik uchun imzolarni qalbakilashtirishda ayblangan.
Shuningdek, “Fox News”ga ko‘ra, sobiq AQSH Prezidenti Jon Kennedining jiyani, senator Robert Kennedining o‘g‘li kichik Robert Kennedi prezidentlikka nomzodini qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Bundan tashqari, sobiq prezident Donald Tramp, tadbirkor va yozuvchi Vivek Ramasvami va Janubiy Karolina sobiq gubernatori hamda AQSHning BMTdagi elchisi Nikki Xeyli rasmiy ravishda prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan. Demokratlar partiyasidan yozuvchi Marianne Uilyamson ham nomzodlikni e’lon qilgan.
“The Washinton Post” nashrida bir qancha potensial nomzodlar tilga olingan. Respublikachilar orasida Florida gubernatori Ron de Santis, sobiq vitse-prezident Mayk Pens, sobiq davlat kotibi va Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo va boshqalar bor. Demokratlar orasida esa vitse-prezident Kamola Xarris, transport kotibi Pit Buttijich, senator Berni Sanders bor.
Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi 2024 yil 5 noyabrga belgilangan.
LiveBarchasi