Davlat idoralarining kiberxavfsizlik reytingi e’lon qilindi
Jamiyat
−
05 avgust 2022
134122022 yil ikkini choragi yakuniy natijalari bo‘yicha Axborot va kiberxavfsizlik ta’minlangani bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari reytingida Adliya vazirligi birinchi o‘rinni egalladi. Reyting “Kiberxavfsizlik markazi” DUK tomonidan tuzilgan.
Baholash “Kiberxavfsizlik markazi”ning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga asoslangan.
Axborot va kiberxavfsizlikning ta’minlanganligi holati bo‘yicha yuqori reytingli (top 10) tashkilotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi – 97,3 ball;
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki - 97 ball;
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi – 95,2 ball;
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi – 95,1 ball;
5. “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki – 95,1 ball;
6. Farg‘ona viloyati xokimligi – 94,6 ball;
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – 92,6 ball;
8. Navoiy kon-metallurgiya kombinati – 92,3 ball;
9. Toshkent shahar xokimligi – 91,9 ball;
10. Namangan viloyati xokimligi – 91,7 ball.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 iyundagi PQ-4751-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 15 iyundagi №373-sonli qarorlarida idoralarning axborot va kiberxavfsizlik bo‘yicha reytingini tuzib borish belgilangan.
LiveBarchasi