Kia Jahon chempionati o‘yinlariga 9 ta yo‘llanmani o‘ynamoqda
Biznes
−
12 fevral 1116 3 daqiqa
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati – bu shunchaki o‘yin degani emas. Bu butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislar orzu qiladigan ajoyib fursat. 2026 yilda Kia’ning O‘zbekistondagi mijozlari uchun ushbu orzu yanada yaqinroq namoyon bo‘lmoqda.
Brend chinakam ilhomlantiruvchi sovrin jamg‘armasi – O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ Jahon chempionati o‘yinlariga 9 ta yo‘llanma bilan keng miqyosli aksiyani ishga tushirmoqda.
Mazkur aksiya – bu oddiy yutuqli o‘yin emas. 9 ta yo‘llanma – jahon futboli markazida paydo bo‘lish uchun 9 ta imkoniyat.
Bu Kia mijozlari uchun yilning asosiy futbol tadbirining bir qismi bo‘lish, FIFA stadionlarida hukm suradigan kayfiyatni his qilish va O‘zbekiston terma jamoasini jahon arenasida qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatdir.
G‘oliblarni shunchaki safar emas, balki yilning asosiy futbol tadbirining haqiqiy his-tuyg‘ulari kutmoqda: madhiyalar, to‘lgan tribunalar, har bir lahzaning shiddati va jahon futboli tarixi bilan daxldorlik tuyg‘usi.
G‘oliblar ishtirok etadigan o‘yinlar:
- 2026 yil 18 iyun – O‘zbekiston-Kolumbiya, Mexiko (Meksika);
- 2026 yil 23 iyun – O‘zbekiston-Portugaliya, Xyuston (AQSH);
- 2026 yil 28 iyun – O‘zbekiston terma jamoasi ishtirokidagi o‘yin, Atlanta (AQSH).
Har bir safarga quyidagilar kiradi:
- xalqaro va ichki aviaparvozlar;
- mehmonxonalarga joylashish;
- aeroport – mehmonxona – aeroport transferi;
- Futbol bo‘yicha FIFA 2026™ Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar.
Ovqatlanish, shaxsiy xarajatlar va vizani rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni ishtirokchilarning o‘zlari to‘laydi.
Aksiyada qanday ishtirok etish mumkin?
Aksiya Kia’ning ham yangi, ham amaldagi mijozlari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan.
Yangi mijozlar uchun
Yangi Kia avtomobilini 2026 yil 28 fevralgacha istalgan rasmiy dilerlik markazida xarid qilishning o‘zi kifoya – xaridor avtomat ravishda yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
Joriy mijozlar uchun
Ishtirok etishning ikkita varianti mavjud – ishtirokchi o‘ziga eng maqbulini tanlashi mumkin.
1-variant. Rejali texnik xizmat ko‘rsatish
- Aksiya davomida Kia rasmiy servis xizmat ko‘rsatish markazida texnik xizmat ko‘rsatishdan o‘tish.
2-variant. Maxsus servis paketi
Quyidagilarni o‘z ichiga olgan xizmatlarning yagona paketini rasmiylashtirish (alohida bandlarni tanlash imkoniyati mavjud emas):
- yondirish shamlari (svechalari) va g‘altaklar holatini tekshirish;
- havo, salon va yonilg‘i filtrlarining holatini tekshirish;
- osmalarni tekshirish (sharsimon tayanchlar, amortizatorlar, saylentbloklar);
- shinalarning bosimi va holatini tekshirish;
- elektron boshqaruv bloki dasturiy ta’minotini tekshirish va yangilash;
- akkumulyator va quvvatlash tizimini tekshirish;
- isitish, konditsionerlash va oyna tozalagich tizimlarini tekshirish.
Bitta xarid qilingan paket = eng yaqin har oylik yutuqli o‘yinda bitta ishtirok etish huquqi.
Kia. Orzuga yetaklovchi harakat
Kia doimo harakatlar brendi sifatida hisoblangan. Orzuga, his-tuyg‘ularga, chindan ham boshdan kechirish va qayta-qayta yodga olishni xohlaydigan lahzalarga harakat.
Ishtirok etish qoidalari haqida to‘liq ma’lumot olish uchun kia.uz saytiga kiring.
Reklama huquqi asosida
Live
Barchasi