XVJ Ukrainaga 880 million dollar miqdorida kredit transhi ajratilishini ma’qulladi

Olam

image

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Kiyevga 880 million dollar miqdorida kredit transhi taqdim etilishini ma’qulladi. Bu haqda jamg‘arma press-relizida aytiladi.

"Garchi urush bilan bog‘liq omillar qayta paydo bo‘lsada va istiqbol juda noaniq bo‘lib qolayotgan bo‘lsada 2023 yilda Ukraina iqtisodiyoti ajoyib barqarorlikni namoyish etdi, deyiladi hisobotda.

Tashkilotga ko‘ra, Ukrainada kengaytirilgan moliyalashtirish dasturining birinchi yilida bittasidan tashqari barcha miqdoriy ko‘rsatkichlarga erishilgan.

Shu bilan birga, Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ijroiya kengashi Ukraina hukumatining soliq tushumlari bo‘yicha dekabr oyidagi samaradorlik mezoniga rioya qilmaslik to‘g‘risidagi iltimosini ma’qullagan.

“Rossiya bosqinchiligi Ukrainaga katta ijtimoiy va iqtisodiy yo‘qotishlar keltirishda davom etmoqda. Biroq, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik Ukraina rasmiylarining mohirona siyosati, shuningdek, sezilarli tashqi yordam tufayli saqlanib qoldi. Iqtisodiyot barqarorligini isbotladi va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar 2023 yilda kutilganidan kuchliroq bo‘ldi. Ukrainaning dastur bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishi yuqoriligicha qolmoqda”, deydi jamg‘arma rahbari Kristalina Georgiyeva.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘zining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish hamda fiskal va qarz barqarorligini ta’minlash uchun Ukraina soliq bazasini yo‘q qiladigan choralardan qochib, daromadlarni ko‘paytirishga muhtoj.

Ma’lumot uchun, Ukrainaga 900 million dollar miqdoridagi oldingi kredit transhi jamg‘arma tomonidan 2023 yil dekabrida tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Xalqaro valyuta jamg'armasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing